AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞda yangi qöşinlar turi – koinot qöşinlari yaratilişi mumkinligini ma'lum qildi.
“Mening koinot böyiça yangi milliy strategiyam koinotda yer, havo va suvdagi kabi jangovar harakatlar amalga oşirilişi mumkinligini tan oladi. Bizda hattoki koinot kuçlari bölişi mumkin. Bizda havo, quruqlikdagi kuçlar, flot va koinot kuçlari böladi”, deb aytgan Tramp.
Uning aytişiça, u dastlab bu ğoyani jiddiy qabul qilmagan, biroq keyin bu ğoya “ajoyib” degan fikrga kelgan. “Balki bizga buni qiliş kerakdir. Bu yuz berişi mumkin”, deb qöşimça qilgan Tramp.
Avvalroq Pentagon va AQŞ harbiy-havo kuçlari vakillari yangi qöşinlar turi yaratilişiga qarşi çiqişgandi, çunki ularning fikriça, bu qöşinlardan köriladigan ehtimoliy foyda ularni yaratiş uçun katta kölamli taşkiliy özgarişlarni oqlamaydi.
AQŞ boşqa davlatlar kabi turli hujumkor va mudofaa koinot tizimlarini rivojlantirib keladi. AQŞda harbiy sun'iy yöldoşlardan taşqari, uçuvçisiz koinot samolyoti mavjud bölib, uning parvozlari öta maxfiylaştirilgan.












