Özbekistondagi ba'zi qonun hujjatlariga 18 yoşga yetmaganlarga energetik içimliklar sotişni çeklaş taklif qilinayotgan tuzatmalar kiritilişi mumkin. Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari “Özbekistonning ba'zi qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini körib çiqmoqdalar. Uşbu qonun loyihasi Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining fraksiyasi a'zolari taklif qilganlar.

Qonun loyihasida 18 yoşga yetmaganlarga energetik içimliklarni sotiş, ularning davlat hokimiyati va boşqaruv idoralari binolari, jamoat joylari, soğliqni saqlaş va ta'lim muassasalarida audio, vizual va multimedia vositalari qöllangan holda reklamasi va savdosini amalga oşirişni çeklaş taklif qilinmoqda.

Qonunbuzarlarni ma'muriy javobgarlikka tortiş taklif qilinmoqda.