Reytingdan hammasi bo‘lib 156 mamlakat o‘rin oldi. Uni tuzishda iqtisodiyot, psixologiya, statistika va boshqa sohalardan mutaxassislar ishtirok etdi.

Ekspertlar baholash omillari sifatida olti mezonni tanlab olishdi: aholi jon boshiga haqiqiy YaIM, sog‘lom hayot davomiyligi, kimgadir ishonish hissi, hayotiy muhim qarorlarni qabul qilishda sub'yektiv erkinlik darajasi, korrupsiyadan himoyalanganlik va saxiylik.

Hisobot ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston sobiq SSSR davlatlari orasida 6,096 indeksi bilan eng baxtli davlat sifatida tan olindi. O‘tgan yili mamlakat ushbu reytingda 47-o‘rinni egallagan edi.

O‘zbekiston Litva (50-o‘rin), Latviya (53), Rossiya (59), Qozog‘iston (60), Estoniya (63), Moldova (67), Turkmaniston (68), Belarus (73) va Tojikiston (80) kabi davlatlardan yuqori o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng baxtli davlatlar aytilgandi.