Bugun, 15 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan sudlanuvçilar B. Abdullayev, H. Nasreddinov, Ş. Olloyorov va R. Salayevlarga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sudining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Mazkur jinoiy iş Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Z. Nurmatov raisligida hamda xalq maslahatçilari S. Turapova va M. Mirağzamovdan iborat sud tarkibida körib çiqilmoqda.
KUN.UZ muxbiri xabar berişiça, bugungi sud majlisi sudlanuvçi B. Abdullayevga nisbatan sud tomonidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasini öqib eşittirişdan boşlandi. Unda ekspertiza B.Abdullayevning çap yelka sohasidagi çandiq qaçon va nima sababdan paydo bölgani, uning jiddiylik darajasini aniqlay olişi qiyinligi ta'kidlangan. Tergov daftaridan ma'lum böladiki, 2017 yil 29 sentabrda Abdullayev MXX tomonidan qölga olinib, tergov izolyatoriga olib kelinganida, uning çap yelka sohasida çandiq izlari bölgani qayd qilingan.
Bundan taşqari, Abdullayevning böyin, kökrak, bel va umurtqa poğonasi sohalarida MRT ötkazilgan, ikki buyrak, öt pufagi, jigar ultratovuş tekşiruvi ötkazilgan, tahlillar olingan. Tibbiy mutaxassislar tomonidan tekşiruvlar ham olib borilgan. Ular tomonidan biror salbiy özgarişlar aniqlanmagan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida Abdullayevda ötkazilgan tekşiruvlar jarayonida somatik xastaliklar aniqlangani qayd etilar ekan, ular ham aynan tergov izolyatorida paydo bölganini isbotlaş imkonsiz ekani ta'kidlangan.
Şundan söng, sudga raislik qiluvçi Z. Nurmatov tomonidan sud tergovi boşlanganligi e'lon qilindi. Davlat ayblovçisi ayblov xulosasini öqib eşittirdi.
«Dalillarni tekşiriş tartibi belgilandi. Bu jarayon davomida sudlanuvçilar, guvohlar va ekspertlarning körsatmalari tinglanadi, şuningdek, uşbu iş böyiça töplangan boşqa dalillar tekşiriladi», deya oydinlik kiritadi Özbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov.
Sud majlisi davomida sudlanuvçining körsatmalarini tinglaş boşlandi.
Sud jarayoni davom etmoqda. Sudning keyingi majlisi 2018 yil 26 mart kuni, soat 15.00da bölib ötadi.












