Özbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki yangi logotip yaratiş uçun tanlov muddati uzaytirilganligini e'lon qiladi: 

Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan birga jismoniy şaxslar ham (frilanserlar, talabalar va h.z.) iştirok etişi mumkin. 

Tanlovda iştirok etiş uçun quyidagi şartlarni bajariş zarur: 

1. Tanlov şartlari va texnik topşiriqlari bilan quyidagi sayt orqali tanişib çiqing:  www.xb.uz.

2. Yangi logotipning öziga xos versiyasini işlab çiqing va ğoyasini ta'riflang.

3. Grafik fayl va ta'rif matnini, şuningdek muloqot uçun ma'lumotlarni quyidagi elektron poçtaga: [email protected]; yoki quyidagi manzilga jönating:

Özbekiston Respublikasi, 100000, Toşkent ş., Amir Temur şoh köçasi, 3.

Telefon orqali ma'lumotlar: (+99871) 120-17-49. 

Muloqot qiluvçi: Temirov Bexruz.

Barça işlar  bank rahbariyati vakillaridan taşkil topgan tanlov komissiyasi tomonidan körib çiqiladi. 

Logotipning eskizlarini baholaşda quyidagi mezonlar qöllaniladi: 
- yeçimning ifodaliligi;

- tanlov mavzusiga mosligi;

- mavzuni oçib beriş çuqurligi;

- ijodiy yondaşuv;

- öziga xoslik;

- logotip körinişining kreativliligi va yangiligi (yangi logotip amaldagisiga öxşaş bölmasligi kerak);

- logotipda biron bir logotiplarning qismlari yoki boşqa kompaniyalarga tegişli logotiplar yoki  dizayning elementlari yoki qismlari bölmasligi kerak. 

Komissiya eng yaxşi işlarni tanlab, final iştirokçilari örtasida tanlov ötkazadi. Final iştirokçilarining işlari, tanlov natijalari va tanlovning yakuniy ğolibi  banking rasmiiy saytida e'lon qilinadi: