AQŞ prezidentining katta öğli va uning rafiqasi Vanessa 12 yillik birgalikdagi hayotdan söng ajraşiş haqida e'lon qilişdi. Ularning eslatişiça, «beş nafar ajoyib farzandga egalar», ular haqida qayğuriş «asosiy ustuvor vazifa» bölib qoladi.

New York Post’ning kiçik Tramp oilasiga yaqin manbalarga asosan yozişiça, Vanessa Tramp ajraşiş uçun hujjatlarni topşirgan. Naşr suhbatdoşlarining aniqlik kiritişiça, 40 yoşli Vanessa bu hujjatlarni Nyu-Yorkning Manhetten tumanidagi sudga yuborgan.

Hujjatlarga köra, Vanessa tezroq ajraşiş niyatida. Şu bilan birga, u bolalar ustidan vasiylik qiliş huquqi va mulkni bölib oliş böyiça sudlaşiş niyatida emas.

Manbalar söziga köra, juftlik sönggi paytlarda qator qiyinçiliklarga duç kelgan. Kiçik Trampning rafiqasi u safarlarda köp bölişidan norozi bölgan.