Sirdaryo viloyat adliya boşqarmasi Advokatlar palatasi hududiy boşqarmasi bilan hamkorlikda Telegram tarmoğida “Tezkor advokat” dasturini tayyorlab işga tuşirdi.

Unga köra “Tezkor advokat” yozuvini kiritib boş sahifaga ötilganda, fuqarolarga 5ta faoliyat yönalişi böyiça (jinoiy, fuqaroviy, iqtisodiy, ma'muriy, YXX) advokatlarni tanlab oliş hamda ularga töğridan töğri telefon orqali boğlaniş imkoniyati yaratildi.
Dastur kun davomida har bir yönaliş böyiça eng köp murojaatlar kelib tuşgan advokatlar reytingini şakllantirib, uni alohida beştalikka kiritib boradi. Uşbu beştalikka ham töğridan töğri telefon orqali aloqaga çiqiş imkoniyati yaratilgan.
Endilikda viloyatdagi fuqarolar huquqiy maslahat oliş uçun advokat huzuriga borişi, ortiqça vaqt sarflaşiga çek qöyiladi.











