14 mart kuni soat 13:42da Toşkent viloyati, Örtaçirçiq tumani, Örtasaroy mahallasida joylaşgan «Töytepa Sarhil meva» fermer xöjaligiga qaraşli dala şiyponida yonğin sodir bölib, yonğin natijasida şiyponning 60m2 maydonida tomi, şifti, va jihozlari yongan. Şiyponning 60m2 maydoni saqlab qolingan. Bu haqda Toşkent viloyati IIB YoXB matbuot xizmati xabar bergan.

15 mart kuni soat 03:11da Toşkent viloyati, Toşkent tumani, Köksaroy mahallasida Boğ köçasi 10-uyda yonğin sodir bölib, yonğin natijasida uyning 70m2 maydonda tomi, şifti, va jihozlari yongan. Uyning 60m2 maydoni saqlab qolingan.

Oxirgi vaqtlarda gazlaştirilgan avtomobillarda yonğin va portlaş holatlari sodir bölayotganligi kuzatilmoqda. Uşbu salbiy holatlarning oldini oliş maqsadida 2018 yil 15 mart kuni Toşkent viloyati Angren şahrida joylaşgan AGQŞ (avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari)da profilaktik tadbirlar uyuştirilib, tadbir davomida AGQŞ işçi-xizmatçilariga avtomobillarga gaz quyiş vaqtida xavfsizlik çoralarini köriş, yonğin xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qiliş böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi.