Portugaliyaning Obiduş şahrida ötayotgan şokolad yarmarkasida dunyodagi eng qimmat konfet taqdim qilindi. Ma'lum qilinişiça bu konfetning narxi 7728 yevroni (9489 dollar) taşkil qiladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Portugaliyalik şokolad ustasi Daniel Gomeşning aytişiça, u tomonidan tayyorlangan romb şaklidagi konfet Ginness rekordlar kitobi vakillari tomonidan dunyodagi eng qimmat konfet sifatida qayd qilingan.

Foto: Reuters

Ustaning ta'kidlaşiça, konfetning narxi uni işlab çiqarişda qöllangan mahsulotlarning narxi sababli balanddir. Konfetning naçinkasi şafran tolalari, oq tryufel bölaklari, Madagaskar vanili va oltin parçalaridan iborat, usti esa iste'mol qilsa böladigan 23 karatli oltin bilan qoplangan. Har bir konfet qutisi 5500 dona Svarovski toşlari bilan bezalgan.

Foto: Reuters
Foto: Reuters

Konfetdan çeklangan miqdorda – 1000 dona işlab çiqarilgan. Yarmarkada taqdim qilingan konfet namunasi 2 nafar qöriqçi tomonidan qöriqlangan. 

Avvalgi rekord daniyalik şokolad ustasi Frits Knipşildtga tegişli bölib, uning La Madeline au Truffe nomli konfetining bir donasi 250 dollar turgan.