«Fransiyalik Spaydermen» nomi bilan tanilgan Alen Robert 15 mart kuni 187 metr balandlikka ega Tour Total osmonöpar minorasiga heç qanday xavfsizlik vositalarisiz kötarildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq 55 yoşli fransuz Tour Total’ga çiqişga harakat qilib körgan, biroq unga qöriqlaş xizmati xalaqit bergandi. Bu safar esa u tegişli xodimlarning e'tiborini çalğitişga muvaffaq böldi. Robert bino tepasiga çiqiş uçun hammasi bölib bir soat vaqt sarfladi.

«Men uçun alpinizm – bu ehtiros, hayot tarzi», - deya «fransiyalik Spaydermen»ning sözlarini keltiradi naşr.

Naşr ma'lumotlariga köra, Robert baland binolarga kötarilişni 11 yil muqaddam boşlagan. Ötgan vaqt davomida u butun dunyo böylab 150dan ortiq osmonöpar inşootga çiqqan. Ular orasida Dubaydagi Burj-Halifa, Eyfel minorasi hamda Sidney opera teatri bor.