2018 yil 1 apreldan fuqarolar yiğinlarining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi örniga xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassis lavozimi joriy etilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassis töğrisidagi nizom tasdiqlandi. 

Mazkur Nizom bilan xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassisning vazifalari belgilandi.

Xususan:

xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş;
ularning muammolarini öz vaqtida aniqlaş; 
yordamga muhtoj bölgan va oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam körsatiş;
xotin-qizlarning bandligini ta'minlaş; 
mehnat şaroitlarini yaxşilaş, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandçilikka keng jalb etiş;
oilalarning reproduktiv salomatligini yaxşilaş va tibbiy madaniyatini oşiriş; 
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, erta nikoh va ajraşişlarning oldini oliş böyiça samarali çoralar köriş amaliy işlarni amalga oşiradi.

Mutaxassis lavozimi oilalar soni 2000gaça bölgan fuqarolar yiğinida 1tadan, oilalar soni 2000 va undan ortiq bölgan fuqarolar yiğinlarida esa 2tadan joriy etiladi.

Mutaxassis mehnatiga Yagona tarif setkasining 7-razryadi böyiça haq tölanadi.