Ma'lum bölişiça, jami fuqarolar yiğinlaridan 43tasi şaharça, 95tasi qişloq, 161tasi ovul, 8 869tasi esa mahalla fuqarolar yiğinini taşkil etadi.

Şuningdek, jamoatçilik asosida faoliyat körsatayotgan mahallalar 10tani, qöşni davlatlar bilan çegaradoş hamda anklav hududda joylaşgan mahallalar 574tani, harbiy şaharçalarda joylaşgan mahallalar 11tani taşkil etmoqda.

«Joriy yil 5 yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida 1ta (Xovos tumanida «Nurli kelajak»), Toşkent viloyatida 9ta (Yangiyöl şahrida «Lazzat», «Qovunçi tepa», «Yangiobod», Çinoz tumanida «Humo», «Tillaobod», Bekobod tumanida «Mustaqillik», «Istiqbol», «Dalvarzin» Yangiyöl tumanida «Ibrat») Samarqand viloyatida 3ta (Nurobod tumanida «Ittifoq», «Çortut», Narpay tumanida «Böston») fuqarolar yiğinlari yangi taşkil etildi.

Şuningdek, davlat budjetidan moliyalaştirilmagan holda jamoatçilik asosida (oylik iş haqisiz) faoliyat yuritib kelayotgan Toşkent viloyatidagi bitta mahalla (Çinoz tumani «Tillatopgan») fuqarolar yiğini budjetdan moliyalaştirildi.

Bundan taşqari, senat qaroriga asosan Örta Çirçiq tumanidagi «Jaloir», «Gulzor», «Xöjauçqun», Yangiyöl tumanidagi «Çortoq», Zangiota tumanidagi «Toşkent» mahallalari Toşkent şahar Yangihayot tumani tarkibiga ötkazildi.

Hozirgi kunda respublika böyiça 10ta fuqarolar yiğini davlat budjetidan moliyalaştirilmagan holda jamoatçilik asosida (oylik iş haqisiz) faoliyat yuritib kelmoqda. Ular Andijonda 1ta, Samarqandda 2ta, Surxondaryoda 2ta, Toşkent viloyatida 5tani taşkil etmoqda», – deyiladi xabarda.