Gruziyaning Gudauri toğ-çanği kurortidagi osma yölda avariya yuz berişi oqibatida kamida 11 kişi turli oğirlikdagi jarohatlar oldi. Voqea 16 mart kuni yuz bergan.
Voqea guvohlari yuz bergan holatni mobil telefonlariga qayd qilganlar.
Videoda osma yölning harakatlanuvçi elementlari belgilangandan ança tezroq harakatlanayotgani köriş mumkin. Bunga esa osma yölda elektr energiya öçib qolgani va örindiqlarni uşlab turuvçi tizimlar işlamay qolgani sababli örindiqlar orqa yönalişda katta tezlikda tuşgani sabab bölgan.
Buning oqibatida osma yöldagi bir qism odamlar örindiqlaridan tuşib ketganlar, qolganlari esa osma yölning buriliş qismida hosil bölgan örindiqlar uyumiga borib urilmaslik uçun pastga sakray boşlaganlar.
Osma yöl töxtab qolgandan keyin yuqorida qolib ketgan odamlar qutqaruvçilarni kutişlariga töğri kelgan.
Ötgan hafta Gruziya OAVda osma yöl işida nosozliklar kuzatilayotgani ma'lum qilingan.















