Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida 2018 yil 13 martda uç nafar noma'lum şaxs yuziga niqob, qöliga qölqop kiygan holda Çuvilloq qişloğida yaşovçi, D.K.ning uyiga bostirib kirib, uning qöllarini skotç bilan boğlab öldiriş bilan qörqitib, temir seyfidan 500 AQŞ dollari va 7 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini olib voqea joyidan yaşiringan.

Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.    

Körilgan çoralar natijasida, uşbu jinoyatni Çiroqçi tumani Çuvilloq qişloğida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan A.A., Xöjaobod qişloğida yaşovçilar, 1993 yilda tuğilgan X.H. va 1995 yilda tuğilgan N.U. sodir etganligi aniqlanib, qölga olinganlar.