Xitoyning oliy qonunçilik organi (Butunxitoy xalq vakillari yiğini) deputatlari Li Ketsyan nomzodini Xitoy davlat kengaşi raisi lavozimiga ikkinçi muddatga ham tasdiqlaşdi.

Uning nomzodi Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Jinping tomonidan ilgari surilgandi.

Nomzod uçun yaşirin ovoz beriş jarayoni yakşanba kuni, Butunxitoy xalq vakillari yiğinining 13-çaqiriq, birinçi sessiyasi oltinçi yalpi yiğilişida ötkazildi.

Li Ketsyan XXR boş vaziri lavozimiga ilk marta 2013 yil martida Butunxitoy xalq vakillari yiğini 12-çaqiriği sessiyasida tasdiqlangandi.

Xitoy Konstitutsiyasiga köra, boş vazir hukumatni 5 yillik ikki muddatda boşqarişi mumkin.