Rojyer Federer Indian-Uellsdagi turnir finalida argentinalik Xuan Martin del Potroga yutqazdi – 4:6, 7:6(8), 6:7(2).
Şveytsariyalik tennisçi öyin davomida 10 marta eys zarba, 5 marta ikkitalik zarba amalga oşirdi va bir marta raqibi boşlagan geymda ğalabga erişdi. Del Potro 8 marta eys amalga oşirdi, 1 marta qöşxatoga yöl qöydi va 5 breyk-poyntdan 2tasini amalga oşirdi.
Hal qiluvçi partiyada Federer hisobni 5:4 körinişiga keltirgandi, ammo 3 matçboldan foydalana olmadi.
Rojyer 2018 yilda ilk marta yutqazdi. Bundan avvalroq u Australia Open turnirida va Rotterdamdagi turnirda ğalaba qozongandi.
Del Potro qatorasiga ikkinçi turnirda ğolib çiqmoqda. Indian-Uellsdan oldin u Akapulkodagi turnirda ğalabaga erişgandi.












