Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin 18 mart kuni Rossiyada ötgan prezident saylovlarida hududiy saylov komissiyalari yakuniy bayonnomolarining 99 foizi qayta işlangandan keyin 76,65 foiz ovoz bilan yetakçilik qilmoqda.
Rossiya kommunistik partiyasi nomzodi Pavel Grudinin 11,82 foiz, Rossiya liberal-demokratik partiyasi nomzodi Vladimir Jirinovskiy esa 5,68 foiz ovoz töplagan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Putin uçun 55,403 mlndan, Grudinin uçun 8,54 mlndan köproq, Jirinovskiyga 4,104 mlnga yaqin rossiyalik ovoz bergan.
4-örinni “Fuqarolik taşabbusi” nomzodi Kseniya Sobçak 1,66 foiz ovoz bilan egallagan. Unga 1,197 mlndan köproq rossiyalik ovoz bergan. Şuningdek, Grigoriy Yavlinskiy (“Yabloko”) 1,04 foiz, Boris Titov (Ösiş partiyasi) 0,75 foiz, Maksim Suraykin (“Rossiya kommunistlari”) 0,68 foiz, Sergey Baburin (“Rossiya umumxalq ittifoqi”) 0,65 foiz ovoz töplagan.









