AQŞning Boeing kompaniyasi özining yangi Boeing 777X samolyoti ilk parvozini dvigatelidagi muammolar sababli 2020 yil boşiga köçirdi. Bu haqdagi xabar kompaniya saytida e'lon qilingan.
Yangi model dvigatelida sinov vaqtida nosozliklar aniqlangani iyun oyidayoq ma'lum bölgan.
Yangi keng fyuzelyajli samolyot mart oyida taqdim qilingan. Dastlab layner özining ilk parvozini 2019 yil kuzida amalga oşirişi, buyurtmaçilarga esa 2020 yildan yetkazila boşlanişi rejalaştirilgan edi. Bu samolyot ikki dvigatelli dunyodagi eng katta yölovçi samolyoti bölişi kutilmoqda
Avvalroq kompaniya Efiopiyada va Indoneziyada Boeing 737 MAX samolyotlari bilan yuz bergan yirik aviahalokatlardan keyin muammolarga duç kelgandi.












