«Klivlend Kavalers» basketbol klubi forvardi Lebron Jyeyms Milliy basketbol assotsiatsiyasining Şarqiy konferensiyasida 60-marta hafta öyinçisi, deb tan olindi. Bu rekord natijadir, deya xabar bermoqda «Sovetskiy sport».

«Klivlend» ötgan hafta uç uçraşuvidan ikkitasida ğalaba qozondi. Jyeyms örtaça 32 oçko, 13,3 töpni egallab oliş, 9,7 töp uzatiş, 2 tösib qöyiş hamda 2,3 blok-şottlik körsatkiçni qayd etdi. Bu 38 daqiqadan iborat örtaça öyin vaqtida yuz bergan.

Ğarbiy konferensiyada «Oklaxoma-Siti Tander» a'zosi Rassel Uestbruk eng yaxşi öyinçiga aylandi, u törtta ğalabali bahsda 25,5 oçko, 12 töp uzatiş, 11,3 marta töpni egallab olişni qayd etgan.