IBM kompaniyasi keyingi 5 yil içida biznes va jamiyatni tubdan özgartira oluvçi istiqbolli texnologiyalarni ma'lum qildi.
Kompaniya tahlilçilarining fikriça, 2023 yilga kelib insoniyat hisoblaş texnikasi rivojlanişida “misli körilmagan” kuçli ilgarilaşni amalga oşiradi. Bu kuçli ilgarilaş hayotimizning barça jabhalariga kirib boruvçi 5 ta texnologiyaga asoslanadi.
Bu kvant hisoblaşlar, mikroskopik robotlar, “xolis” sun'iy ong, kriptografiya va blokçeyn texnologiyalarining qöllanişidir.
Kvant hisoblaşlar avval yeçib bölmas deb hisoblangan masalalarni hal qiliş uçun qöllanadi. Kvant hisoblaşlar asosida algoritmlarni quriş turli sohalarda talabga ega böladi.
Sun'iy ong texnologiyasini rivojlantirişni davom ettiriş. Kompaniya mutaxassislari hozirdayoq sun'iy ongni öqitiş algoritmlaridan irqiy, gender va mafkuraviy xato qaraşlardan xoli bölmagan ma'lumotlarni istisno qiliş ustida işlaşmoqda. Bu esa tengsizlikning tarqalişiga kömak bermaydigan “xolis” sun'iy ong yaratişga imkon beradi. Uning paydo bölişi sun'iy ong tizimlarini örganiş sohasida sifatli ilgarilaşga olib keladi.
Keyingi texnologiya mitti kriptografik “langar”lar, ya'ni turli mahsulotlar jihozlanadigan belgilar hisoblanadi. Ular yordamida iste'molçilar mahsulotning işlab çiqarilişidan sotilişigaça bölgan butun yölni kuzatişlari mumkin böladi. Şu tariqa, bu texnologiya oziq-ovqatlar xavfsizligi, qalbaki mahsulotlarni aniqlaş va qimmatbaho buyumlar bozori bilan yaqindan boğliq bölgan biznes sohasini özgartiradi. Bunda yana bir texnologiya panjaralardagi kriptografiya bölib, u şifrlaş algoritmlarini qurişda yangiça yondaşuv hisoblanadi. Bunday algoritmlarni buzib kiriş öta murakkab, şu sababli bu texnologiya qimmatbaho ma'lumotlarni xakerlardan himoyalaşda qöllanişi mumkin.
Va nihoyat, beşinçi nou-xau – okeanda soçilgan sun'iy ong va miskroskopik robotlar asosida qurilgan texnologiya bölib, bu robotlar sayyoramizdagi eng qimmatbaho zaxiralardan biri – okean suvlarining tozaligini kuzata oladi. Kiçik mikrorobotlar planktonlar harakatlanişi haqida ma'lumotni yiğadi, bu xatti-harakatlar asosida prognozlar qiliş va okean ifloslanganini yenga olişda yordam beradi.












