Xalqaro olimlar guruhi tarqoq skleroz avj olişining ilikning asos qon hosil qiluvçi hujayralari yordamida davolaş va oldini oliş usulini yaratib, uni sinovdan ötkazişdi. Bu haqda “Bi-bi-si” korporatsiyasi xabar bermoqda.  

100 dan köproq odam iştirok etgan sinovlar AQŞ, Buyuk Britaniya, Şvetsiya va Braziliyada ötkazilgan. Tajriba davomida bemorlarning bir qismi bu kasallikdan davolaşda qöllanadigan an'aviy dorilar bilan, qolgan qismi esa asos hujayralar yordamidagi yangi terapiya bilan davolangan. Natijada oddiy dorilar bilan davolanganlar orasida 60 foiz holatda tarqoq sklerozning sekin keçuvçi rivojlanişi qayd qilingan. Asos hujayralar kiritilgan bemorlarda esa bunday dinamika faqatgina 6 foizgina holatda qayd qilingan. 

Yangi usul öz içiga bir neça bosqiçni oladi. Birinçidan, şifokorlar saratonni davolaşda qöllanadigan kimyoviy terapiya yordamida bemorning immunitetini “yöq qiladilar”. Ikkinçidan, asos hujaylardan taşkil topgan implantat yordamida bemorning immun tizimi “qayta yuklanadi”. Bu esa bemorda tarqoq skleroz alomatlari yöqolişiga, kasallikning avj olişdan töxtaşiga olib keladi.

Tarqoq skleroz markaziy asab tizimining kasalligi bölib, u boş va orqa miyadagi asab tolalari miyelin qobiği barbod bölişi oqibatida yuzaga keladi. Bu kasallik autoimmun kelib çiqişga ega, ya'ni immunitet xato ravişda öz töqimalari va inson a'zolariga hujum qilib, ularni yöq qiladi.