Yaponiyaning Kobe şahridagi ilğor tibbiyot markazi huzuridagi şifoxona va RIKEN instituti boşqa odamning sun'iy köp vazifali asos iPS-hujayralaridan östirilgan köz tör pardasini köçirib ötkaziş böyiça tajribaviy operatsiyalarni ötkaziş uçun bemorlarni tanlab olişni boşlaydi.
"Bu kelajakda davolaş turini aniqlaydigan muhim tadqiqot hisoblanadi", deb aytgan loyiha rahbari Masayo Takaxasi. Uning aytişiça, bölğusi klinik tadqiqotlar ixtironing "amaliy qöllanişi tomon katta qadam" hisoblanadi.
Ma'lum qilinişiça, tadqiqot uçun 5 nafar bemorni tanlab oliş rejalaştirilgan. Bunday klinik tadqiqotlar Yaponiya soğliqni saqlaş vazirligi tegişli ruxsatni bergandan keyin mumkin böldi. Tajriba davomida olimlar boşqa odamning asos hujayralaridan tör pardasining retinal pigment epiteliysi hujayralarini östiriş uçun foydalanişadi, söngra uni makulodistrofiyaga (köz tör pardasi şikastlangan va markaziy köriş izdan çiqqan kasalliklar) uçragan bemorlarga ötkazişadi. Agar sinovlar muvaffaqiyatli keçsa, bu usul tör parda hujayralarini östiriş vaqtini 11 oydan 1 oygaça qisqartiriş va jarayonning narxini bir neça marotabaga arzonlaştiriş imkonini beradi.
Sun'iy köp vazifali asos iPS-hujayralardan foydalanib ötkazilgan birinçi operatsiya 2014 yil sentabrda amalga oşirilgan. Köz tör pardasining oğir kasalligiga ega 70 yoşli bemordan teri hujayralari olinib, ulardan sun'iy asos hujayralar östirilgan. Söngra ulardan tör pardasining retinal pigment epiteliysi hujayralari östirilgan. Aynan bu hujayralar operatsiya vaqtida ötkazilgan
2006 yilda Kioto universiteti professori Sin'ya Yamanaka dunyoda birinçi bölib odam terisidan asos hujayra olgan. Bu hujayralar indutsirlangan plyuripotent (köp vazifali) asos hujayralar (iPS) deb atalgan. Ular turli organlarning hujayralarini şakllantirişga qodir. Şu tariqa, bemorning öz hujayralaridan kasallik va jarohat tufayli şikastlangan yoki yöqotilgan töqima va a'zolari örniga yangilarini yaratiş imkoni paydo bölgan. Yamanaka bu ixtirosi uçun 2012 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
iPS-hujayralar ixtiro qilingandan keyin olimlar turli tana a'zolari hujayralarini yaratişni örganib olganlar. Bunday hujayralarni tibbiyotda qöllaşni tormozlovçi asosiy muammo saraton kasalliklari rivojlanişining yuqori xavfi bölib qolmoqda.

















