Londondagi Murfilds köz şifoxonasi şifokorlari inqilobiy usul yordamida 2 nafar keksa bemorning köriş qobiliyatini tiklay olişdi. Olimlar davolaşning bu usuli Britaniyada 5 yil içida paydo bölişiga umid bildirişgan. 

Köriş qobiliyati tiklangan bemorlar makulyar degeneratsiya – köz pardasi buzilişidan aziyat çekişgan. Bu kasallik köpinça 60 yoşdan keyin va taxminan 50 foiz holatda töliqmas közi ojizlikda paydo böladi. Bu kasallik odatda körişda çaplanganlik va ba'zi doğlarni keltirib çiqaradi. 

Olimlarning bayon qilişiça, bu kasallikni davolaş jarayoni quyidagiça keçadi: yakka murtak asos hujayralar köz pardasining 100 mingta pigment hujayrasini saqlovçi 6 millimetrlik töqimada östiriladi. Söngra bu töqima ingiçka quvurçaga joylaştirilib, u orqali közdagi kiçik kesik orqali unga kiritiladi. Töqima köz pardasi orqasida joylaştiriladi, bu yerda asos hujayralar vaqt ötişi bilan şikastlangan hujayralarning örnini egallaydi. Uşbu amaliyot bor-yöği 45 daqiqa içida mahalliy anesteziya ostida ötkaziladi. 

“Amaliyotgaça bir neça oy avval mening köriş qobiliyatim haqiqatan yomon bölgan, men öng közim bilan heç narsani köra olmasdim. Şifokorlar menga köriş qobiliyatini qaytarişdi”, deb aytgan tajriba iştirokçilaridan biri, 86 yoşli Duglas Uoters. 

Amaliyotdan keyin Uoters va yana bir bemor ortidan olib borilgan 12 oylik kilink kuzatuv ularning ikkisida ham ança ijobiy özgarişlar bölganini körsatgan. Şu bilan birga köçirib ötkazilgan hujayralar mukammal çiqmagan, çunki şifokorlar bu hujayralardan ba'zilari organizm tomonidan qabul qilinmagani alomatlarini qayd qilişgan. Biroq şunga qaramay, ikki bemor ham nisbatan soğlom qolişgan.