Roskomnadzor Telegram messenjeri rahbariyatini foydalanuvçilar xabarlarini şifrdan oçiş uçun kerakli bölgan ma'lumot taqdim etilişi lozimligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda idora saytida xabar beriladi.
«Roskomnadzor Telegram Messenger Limited’ga ma'lumot tarqatiş taşkiloti majburiyatlarining bajarilişi lozimligi haqida bildirişnoma yubordi», - deyiladi xabarda.
Messenjer vakillariga talabni bajariş uçun 15 kunlik muhlat berildi. Aks holda servis Rossiya hududida bloklab qöyilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, 20 mart kuni RF Oliy sudi Telegram’ning şikoyat arizasini rad etdi. Unda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining foydalanuvçilar almaşuvçi xabarlarni qabul qiliş, uzatiş, yetkaziş va (yoki) qayta işlaş holatlari haqida, şuningdek, uşbu foydalanuvçilar borasida ma'lumot taqdim etiş tartibi böyiça buyruğini bekor qiliş talab qilingandi. Servis rahbariyati bunday ma'lumot faqat sud tartibida berilişini aytmoqda.












