Italiyada joylaşgan X Electrical Vehicle (XEV) startapi Şanxay avtosalonida bor-yöği 3 kun içida 3D-printerda bosib çiqarilgan 2 örindiqli LSEV elektrokarining prototipini taqdim qildi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda. Model seriyali işlab çiqarilib, 2019 yil aprelida bozorga çiqarilmoqçi.
LSEV’ning örindiqlari, oynalari va közgularidan taşqari barça detallari 3D-printerda bosilgan. Bunga XEV’ning Şanxayda 3D-printerlar uçun zaruriy materiallar işlab çiqaruvçi Polymaker kompaniyasi bilan hamkorligi evaziga erişildi. XEV’da ta'kidlanişiça, oddiy elektrokar 2 mingdan köproq detalga ega bölgan bir vaqtda, LSEV bor-yöği 50 ta detaldan taşkil topgan.
XEV’ni raqobatçilaridan nafaqat maşinalarni yiğişi jarayoni, balki narxlari ham farqlatib turadi: LSEV’ni Osiyo va Yevropada 7,5 ming dollarga sotib oliş mumkin. Taqqoslaş uçun, standart akkumulyatorga ega Tesla Model 3 modeli 35 ming dollar turadi.
Xitoy elektromobillarning dunyodagi eng katta bozori hisoblanadi. Xitoyda bunday maşinalarning keng assortimenti taqdim qilingan va yangilarining paydo bölişi kutilmoqda. Şu bilan birga Xitoyning 5 ta elektrokar modeli Jato tahliliy agentligi tomonidan tuzilgan 2017 yilgi dunyodagi eng ommabop elektromobillar yetakçi öntaligiga kirdi.












