Isroil 2007 yilda uning aviatsiyasi Suriyadagi yadro reaktorini bombardimon qilgani haqidagi ma'lumotni oşkor etdi. Qayd etilişiça, reaktor qurilişning oxirgi bosqiçlarida bölgan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» armiya bayonotiga asosan.

«Isroil harbiy-havo kuçlari 5dan 6 sentabrga ötar tunda Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida, Damaşqdan 280 milya şimoli-şarqdagi yadro obektini yöq qildi. U qurilişning sönggi bosqiçida bölgan. Törtta F-16 samolyoti nafaqat Isroilga, balki butun mintaqaga xavf solişi mumkin bölgan atom tahdidini yöqqa çiqardi», - deyiladi xabarda.

Ular videoyozuvni ham e'lon qilişgan, unda obekt – törtburçak şakldagi binoga zarba beriş pallasi aks etgan. Şuningdek, odam yaşamaydigan joyda qurilgan inşoot havodan berilgan zarba tufayli vayronaga aylanganidan darak beruvçi fotosuratlar ham taqdim etildi. Boşqa bir suratlarda – amaliyotda iştirok etgan uçuvçilar, hamda ularning jangovar maşinalari - F-15 va F-16 qiruvçilari tasvirlangan.

«Harbiy razvedka yadro obektini tiklab bölmaydi, degan qarorga keldi. Isroil Mudofaa armiyasi suriyaliklar tomonidan röy berişi mumkin bölgan ehtimoliy javob harakatlariga tayyorgarlik körgani tufayli, amaliyot haqidagi ma'lumot hozirça oşkor etilmasligi lozim, degan fikrga kelingan», - deya ma'lum qilişdi harbiylar.

Isroil armiyasidan qöşimça qilişlariça, «yadro obektlari IŞID qöliga tuşib qolganida, qanday zarar yetkazilişi mumkin bölganini faqat taxmin qiliş mumkin».