Rossiya Federal xavfsizlik xizmati sobiq xodimi Aleksandr Litvinenkoning otasi Valter Litvinenko öğlini kim öldirgani haqida aytib berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Erkakning sözlariga köra, Aleksandr Litvinenko Boris Berezovskiyga juda yaqin aloqalarda bölgan Aleks Goldfarb tomonidan öldirilgan. 2000 yilda Goldfarb Litvinenkoga Turkiyadan Buyuk Britaniyaga kelişga yordam bergan. Bu haqda, uning sözlariga köra, Goldfarbning rafiqasi aytgan. Şuningdek uning ta'kidlaşiça, öşanda Londonda bölgan Ahmad Zakayev Goldfarbni MRB agenti deb atagan.
«Uni, mening fikrimça, bir neça marta zaharlaşgan. Hattoki şifoxonada ham zaharlaşgan», - deya ma'lum qilgan Valter Litvinenko Rossiyaning Birinçi kanalidagi «Pust govoryat» körsatuvida.
Şuningdek uning xabar berişiça, avvaliga öğliga «ovqatdan zaharlaniş» taşxisi qöyilgan, söng u talliy bilan zaharlanişga özgargan, hamda şundan keyingina poloniy-210 qöllangani haqidagi versiya tilga olingan.












