Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Özbekiston xalqini Navröz bilan tabriklaş maqsadida Samarqand şahriga taşrif buyurdi.
Prezident matbuot xizmati bergan xabarga köra, oliy martabali mehmonni Prezident Şavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Samarqand şahridagi Forumlar majmuasida ikki davlat rahbarining uçraşuvi ötkazildi.
«Qardoş özbek va qozoq xalqlari azaldan yonma-yon yaşagan, yaxşi kunlarda ham, qiyinçilik damlarda ham bir-birini qöllab-quvvatlagan. Bunday döstlik va ahillik bugungi kunda xalqlarimiz örtasidagi aloqalarga mustahkam asos bölmoqda.
Şavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev taşabbusi bilan Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi hamkorlik yangi bosqiçga kötarildi. Mamlakatlarimiz vazirlik va idoralari, hududlari örtasidagi aloqalar faollaşdi. Transport yölaklari oçilib, temir yöl va avtobus qatnovlari yölga qöyildi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik kengaydi. San'at va madaniyat namoyandalari, şoir va yozuvçilar ikki mamlakatdagi körgazma va festivallar, madaniy-ma'rifiy tadbirlarda faol iştirok etmoqda. 2018 yil Qozoğistonda Özbekiston yili ötkazilayotgani xalqlarimiz örtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi», deyiladi xabarda.
Prezidentlar mintaqa davlatlari, xususan, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi samimiy munosabatlar har qaçongidan ham mustahkamlanib borayotganini qayd etib, çegaralardagi yengilliklar ikki mamlakat xalqlarining özaro bordi-keldisi uçun keng yöl va imkoniyatlar oçgani, bunda eng katta maqsad bölgan xalqlarimiz roziligiga erişilganini ta'kidlaşdi.
Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi hamkorlikning bugungi holati yuqori baholandi, uni yanada rivojlantirişga oid masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Nursulton Nazarboyev va Şavkat Mirziyoyev Hazrati Xizr majmuasiga taşrif buyurib, Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Birinçi Prezident qabriga gul qöyilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi, Qur'on tilovat qilindi.
Qozoğiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning diqqatga sazovor joylarini tomoşa qildi.












