SFI Management Group kompaniyasi barçani bahor, yangilaniş va quvonç ramzi bölgan Navröz bayrami bilan çin dildan tabriklaydi, hamda barçaga özining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini bildiradi.
Ma'lumki, dunyoda juda köplab ajoyib va yorqin bayramlar mavjud. Biroq, Navröz özining qadimiyligi hamda gözalligi, çuqur mazmuni bilan ular orasida ajralib turadi va u xalqimizning öziga xosligi hamda mentalitetini aks ettiradi.

Navrözning yana bir öziga xos xususiyati şundaki, u tinçlik va farovonlikni saqlaş, odamlar örtasida özaro tuşunişni mustahkamlaşga çaqiradi. Bu bayramda har qanday xafaliklar unutiladi, janjal va nizolar töxtaydi, jamiyatda birdamlik hamda insonparvarlik hukm suradi.
Odamlar bir-birlariga ezgu niyatlar, rahm-şafqat va saxiylik körsatadilar, haşarlar ötkazişadi, mahallalar va butun mamlakatni obodonlaştirişga hissa qöşadilar.
Şu sababli, uşbu bayram hayotning yoşarişi va yangilanişi timsoli sifatida har bir uyda, har bir oilada oçiq qalb, eng katta orzular hamda niyatlar bilan kutib olinadi.
2018 yilning Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili sifatida e'lon qilinişi nuqtai nazaridan ham Navröz bayrami alohida ahamiyatga ega. U mamlakat rahbariyatining iqtisodiyotni yangilaş va modernizatsiya qiliş, xalq farovonligini yuksaltirişga qaratilgan taşabbuslari mohiyatini aks ettiradi.
Fursatdan foydalanib, barçaga ijodiy yutuqlar, tadbirkorlik qobiliyati namoyon bölişi, milliy iqtisodiyotning rivojlanişi uçun harakatlarni safarbar etişni tilaymiz. Navröz barçaga farovonlik, köplab baxtli va yorqin kunlarni keltirsin, hamda barça orzular röyobga çiqsin! Kirib kelgan bahor sizlarga yangi kuç bağişlasin hamda yangi marralar, yutuqlar va eng jasur maqsadlarni amalga oşiriş uçun qöşimça turtki bersin!











