Toyota kompaniyasi «Prius» bazasida gibrid prototipni işlab çiqdi, u ham an'anaviy benzinda, ham şakar qamişidan işlab çiqariladigan bioetanolda (yoqilği E100) işlaşi mumkin. Avtomobil Braziliyaning San-Paulu şahrida namoyiş etildi.

«Toyota»da spirtda işlovçi gibrid kuç qurilmasining xususiyatlari keltirilmayapti. Seriyali Prius 1.8 benzinli motor va elektr dvigatelga ega, 122 ot kuçilik quvvatni beradi.

Kompaniya spirtda işlovçi «Prius» yordamida Braziliyada gibridli avtomobillarni ommalaştirmoqçi hamda uglerod dioksidining (CO2) çiqarib taşlaniş hajmlarini kamaytirmoqçi. Bioetanol işlab çiqariş uçun foydalaniladigan ösimliklarning ösişi vaqtida atmosferadan karbonat angidrid gazini yutib yuboriş yuz beradi, şu sababdan umumiy muvozanat tiklanadi.

Foto: Toyota 

Hybrid FFV loyihasi ustida markaning Braziliya ofisi va Yaponiyadagi boş kompaniya muhandislari iş olib bordi. Toyota gibridni tijorat maqsadida foydalanişga tuşirişdan avval yöl sinovlarini ötkazadi, bu işonçlilik hamda tizim haqida batafsilroq ma'lumot oliş uçun kerak.