27 aprel kuni Toşkentda marketing, reklama va IT sohasidagi mutaxassislarni birlaştiradigan USENET internet-konferensiyasi bölib ötadi. Bu yilgi tadbirning asosiy mavzulari blokçeyn va kontent yaratişga bağişlanadi.

Tadbirda Özbekiston, Qozoğiston, Rossiya va dunyoning turli malakatlaridan kelgan 20 dan ortiq mutaxassislar blokçeyn texnologiyasi va uni amaliyotda qöllaş mavzusida ma'ruzalar bilan sözga çiqadi.

Bundan taşqari, turli mamlakatlaridan taşrif buyurgan yetakçi internet - OAV vakillarining çiqişlari ham közda tutilgan. Şuningdek, tadbir doirasida ikkita mavzuga oid guruhiy muhokamalarni ötkaziş rejalaştirilgan.

Qolaversa, Google, Samsung, Mail.ru, Beeline Uzbekistan, «Yandeks» va yetakçi kompaniya vakillarining çiqişlari ham rejalaştirilgan.

Doimiy an'anaga muvofiq konferensiya International Hotel Tashkent mehmonhonasining 2 ta majlislar zalida ötkazilib, bir kun davom etadi.

Bu tadbir siz uçun Digital sohasini özlaştiriş, yangi va foydali tanişuvlar orttiriş, muhokamalarda qatnaşib, yetakçi mutaxassislar bilan muloqot qiliş uçun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

Tadbir taşkilotçisi - Ledokol Group media agentligi. Konferentsiya Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi kömagida ötkazilmoqda.

Konferentsiya homiylari: Samsung, Click mobil banking tizimi hamda «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoği.

Tadbirda qatnişiş bepul. Kiriş taklifnomalar asosida. Tadbirda qatnaşiş uçun buyurtmangizni konferensiyaning rasmiy saytida qoldiring.