Özbekiston marketing uyuşmasi talqiniga köra Özbekistonning 500 dan ziyod brendlari va agentliklarining 2022 yildagi yirik professional tanlov va mukofotlardagi yutuqlari yakuni çiqarildi.

Brendlar va agentliklar marketing samaradorligi reytingi yirik mahalliy hamda xalqaro tanlovlardagi ğalabalar uçun olingan ballarni jamlaşga asoslangan uslubiyot böyiça tuziladi va uyuşma tomonidan 2021 yildan buyon şakllantirib kelinadi.  Har bir professional tanlovga uning obrösi va murakkablik darajasiga köra koeffitsiyent beriladi. Reyting şakllantirilişi uslubiyotining batafsil tavsifi marketing.uz saytida keltiriladi.

«Reyting eng samarali marketing strategiyalarining yeçimlari va natijalarini baholaş imkonini beradi, Özbekiston hududida sifatli professional xizmatlar buyurtmaçilari va yetkazib beruvçilarining şaffof bozori şakllanişiga xizmat qiladi hamda brendlar va agentliklar tomonidan marketing vositalaridan foydalanişning muvaffaqiyatliligi indikatori sanaladi», - qayd etdi Özbekiston marketing uyuşmasi boşqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.

Özbekiston Respublikasi hududida öz faoliyatini rasman olib boruvçi har qanday brend va agentlik reyting iştirokçisi bölişi mumkin. Brendlar va agentliklar uçun reytingda qatnaşiş bepul.

Reytingda öringa da’vogar böliş uçun brendlar va agentliklar Reyting tanlovi röyxatida körsatilgan professional tanlovlarda şort-listga kirişlari yoki sovrinli örinlarni egallaşlari lozim. Reyting ma’lumotlari yil davomida, brendlar va agentliklarning tanlovlardagi iştiroki töğrisida axborot kelib tuşişiga qarab muntazam yangilanib boradi. Reytingda jami 25 dan ortiq tanlovlar mavjud. Reytingda koeffitsiyentga ega har yilgi mahalliy tanlovlar: «Yil brendi» mukofoti, TAF! tanlovi, MYDAY mukofoti, EMBRAS mukofoti, Özbekiston milliy mehmondöstlik mukofoti.

2022 yilgi reytingda 35 ta tarmoq böyiça 492 ta brend va 12 ta yönaliş böyiça 55 ta agentlik qatnaşdi.

Eng maşhur tarmoqlar böyiça reytingning yuqori qatorlarini qaysi brend va agentliklar egalladi?

Brendlar reytingi

Tölov tizimlari (6 ta iştirokçi ) – Uzum bank

Avtomobil tarmoği (8) – Hyundai

Suğurta kompaniyalari (6) – Gross Insurance