Tokio markazida kinofilmlardan bölgan bahaybat mutant-maxluq Godzillaga haykal örnatildi. Bu haqda Kyodo xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, haykalning balandligi taxminan 2,5 metr keladi. Haykal örnatilgan maxsus asosda şunday yozuv bor: «Endi insoniyat Godzilla bilan birga yaşaşga majbur». Bu ibora bahaybat maxluq töğrisidagi eng sönggi film - «Godzilla: Uyğoniş»dan olingan, u 2016 yilda katta ekranlarga çiqqandi.
Yaponiyada 1954 yilning 3 noyabr kuni Godzilla haqidagi birinçi film prokatga çiqqan – u Tinç okeani tubida köp asrlik uyqudan söng uyğongan bahaybat mutant-maxluq bölib, şaharlarni vayron etiş hamda odamlarni öldirişni boşlagan.
Ta'kidlanişiça, bu maxluq taxminan 50ta film va videoöyin qahramoniga aylandi, uning obrazi esa ommaviy madaniyatdagi eng taniqlilardan biri sanaladi.












