Eng muhimini aniqlaş uçun 25ta maqsadingizni yozing. Qolgan heç bir narsaga çalğitmang. 

Maqsadlar röyxatini tuzing

Uorren Baffettning 10 yil davomida unga xizmat qilgan uçuvçi Mayk Flintga qanday yordam bergani haqida hikoya bor. Kunlardan biri u Flintda karera maqsadlari qanday ekani haqida söragan. «Sen hali ham men uçun işlayotganing, mening işimni qilmayotganimdan darak beradi», - deb hazillaşgan Baffet. U Flintga maqsadlarni aniqlaş uçun maşq bajarişini taklif qildi.

Avvaliga Flint yaqin kelajakda erişmoqçi bölgan 25 narsaning röyxatini tuzişi kerak edi. Söngra ularni muhimlik jihatdan baholaş va beşta eng muhimini belgilaş talab etildi. Bu beşta maqsadni tanlaş eng qiyin masala. Biroq keyin Baffet Flintdan boşqa yigirmata band bilan nima qilmoqçi ekanini söragan.

«Men birinçi beştasiga asosiy e'tiborni qarataman, lekin boşqa bandlar ham men uçun muhim, - deya tuşuntirgan Flint. - Men beşta asosiy maqsadga erişiş yölida ular ustida ham vaqti-vaqti bilan işlayman». Bunga Baffet qattiq javob qaytaradi: «Yöq, sen notöğri tuşunibsan. Sen muhimligini qayd etmagan barçasi «Istalgan narx bilan çetlab ötiş» röyxatiga aylandi. Birinçi beşta maqsadga erişmagunça ularga e'tibor berma».

Nima uçun bir narsaga e'tibor qaratiş muhimroq

Biz doimo çalğiymiz. Aynan şuning uçun köpçilik heç qaçon biron bir sohada mahoratga erişa olmaydi. Har safar yangi narsalar bizni çalğitayotgan bölsa, xarajatlarni yöqotilgan foyda bilan tölaş talab etiladi. Bu bizning vaqtimiz va e'tiborimizni tortib oladi, bizga haqiqatdan ham muhim narsaga e'tibor qaratişga imkon bermaydi.

Zamonaviy tendensiyalarga çalğimang va bir qiziqişdan boşqasiga sakrab ötmang. 5/25 qoidasini nafaqat karerangizda, balki boşqa hayot sohalarida qöllang: soğliq, munosabatlar, şaxsiy maqsadlar.

Foto: Reuters

Bularning barçasi zerikarli va monoton hayot keçirişingiz kerak, degani emas. Faqat maydalaşib ketmang. Beşta asosiy maqsadga erişing, keyin esa boşqa bosqiçga öting.