2018 yil 15 mart kuni soat taxminan 19:30da fuqaro A. Marğilon-Qorajiyda yönalişi böyiça “Neksiya” rusumli avtomaşinani boşqarib, Muborak jome masjidining röparasidagi yölni kesib ötayotgan piyoda M. va uning öğli voyaga yetmagan S.ni urib yuborgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Sodir etilgan yöl-transport hodisasi natijasida M. va uning öğli voyaga yetmagan S. hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositasini boşqaruvçi şaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş, odamlar ölişiga sabab bölsa) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












