Inson qalbining tarjimoni, adabiyotning fidoyisi, xalq xizmatçisi, oila qörğoni, işqning şaydosi. Erkin Vohidovni yana köp bora e'tirof etsak böladi. Xalq dardining kuyçisi bölgan şoir tom ma'noda millatparvar edi. Uzoq yillar taqdirning maşaqqatlariga doş bergan Erkin Vohidov umr böyi özbek elining taşvişi bilan yaşadi. 

1936 yilning 28 dekabrda Farğona viloyatining Oltiariq tumanida, öqituvçi oilasida tuğilgan şoir 2016 yil 30 may kuni yoruğ olamni tark etdi. Şu yili 7 dekabr sanasida çiqarilgan Prezident qarori bilan Erkin Vohidovning 80 yoşlik yubileyi mamlakatimizda keng nişonlandi.

Yubiley tadbirlari doirasida, jumladan, şoir tavallud topgan Oltiariq tumanidagi xonadonda uy-muzeyi taşkil etildi.

Erkin Vohidov tavallud topgan Oltiariq tumanidagi xonadon
Erkin Vohidov tavallud topgan Oltiariq tumanidagi xonadon

Ijodiy jamoamiz Farğona viloyati Oltiariq tumanida Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tuğilib ösgan xonadonda böldi. Taşkil etilgan uy-muzeyida istiqomat qilayotgan şoirning amakivaççasi Rustam Vohidov bilan suhbatlaşdik.

Suhbatimiz iliq va samimiy ötdi. Könglimiz taskin topdi. Biroq özbek adabiyoti darğasi Erkin Vohidovning uy-muzeyi bilan boğliq bir çigal muammo borligini, Farğona viloyat hokimligining mutasaddilari mazkur muammoga hamon sansalorlik bilan yeçim topmayotgani dilni xira qildi.

Jumladan, Rustam Vohidov istiqomat qilib kelgan xonadonning uçta xonasi atoqli şoirning uy-muzeyi uçun ajratilgan bölib, Rustam aka, u kişining umr yöldoşi, katta öğli xotini va tört farzandi bilan, şuningdek Rustam akaning hali uylanmagan kenja öğli muzeydan ortgan uçta kiçik xonalarda istiqomat qilişmoqda ekan.