Miya — dunyodagi eng xudbin a'zo. U dangasa, noqulaylikdan qörqadi va faqat özi haqida öylaydi. Aynan uning öjarligi tufayli oqşomlarimizni divanda serial körib, şirinliklar yeb ötkazamiz. Biroq "Layfxaker"da ta'kidlanişiça, miyani aldaş oson.
1. Kiçik idişdan foydalaning
Katta va kiçik likopçadagi bir xil taom porsiyasi miya tomonidan turliça qabul qilinadi. Unça katta bölmagan idiş toam köpdek tasavvur uyğotadi va miya buni xursandçilik bilan qabul qiladi. Oşqozoningiz esa farqni sezmaydi. Şunday ekan, kiçik likopçalardan foydalanişni odat qiling.

2. Sançqini stolga qöying
Taomda eng asosiysi — onglilik. Biz sokinlikda, taom bilan birga-bir ötirib ovqatlanişni yoddan çiqardik. Miyamiz esa öz vaqtida "töxta" demaydi. Taomni sekin va ongli ravişda iste'mol qilişni örganing. Bir porsiya taomni oğzingizga solib, sançqini çetga olib qöying va sekin çaynang. Ovqatning hidi va ta'mini, tarkibini his qilişga harakat qiling.
Taomni yaxşilab çaynab bölgaç, yana sançqini qölga olişga şoşilmang. Oşqozondan miyaga signal borişini kuting. Şu tariqa taom iste'molini nafaqat ongli ravişda amalga oşirasiz, balki özingizni ortiqça yeyişdan saqlaysiz.
3. Çalğimang
Köpçilik unutib yuborgan muhim qoida: kompyuter yoki televizor qarşisida ovqatlanmang. Taomdan çalğiganingizda jarayon ongsiz ravişda keçadi va miya töqlik hissini nazorat qila olmaydi. Bundan taşqari, sokin muhitda taomdan zavqlaniş yoqimliroq.

4. Tamaddi qilişni rejalaştiring
Ongli ravişda tamaddi qiliş nonuştadan kam ahamiyatga ega bölmagan muhim jarayon. Biz odatda yöl-yölakay yoki qandaydir işni bajariş davomida tamaddi qilamiz. Bunday odat nimaga olib kelişini yaxşi bilsangiz kerak — ortiqça vaznga! Taom qabul qilişga doir reja tuzing va unga tamaddi qiliş jarayonlarini ham qöşing. Oçlik hissi paydo bölişi bilan özingizga "Men albatta tamaddi qilaman, faqat belgilangan vaqtda", deb ayting.
5. Köproq suv içing
Biz suvsiz yuraverişga örganib qolgan ekanmiz, organizm uni yegan taomimizdan ajratib olişni örgangan. Bu nimaga olib kelişini anglayotgandirsiz? Biz köpinça oçlik hissini taşnalik bilan adaştiramiz. Keyingi safar yengil oçlikni his qilganingizda bir piyola suv içing. Şunda ham oçlik hissi tark etmasa, unda tamaddi qilib olişingiz mumkin.

6. Taomning yarmini özingiz bilan olib keting
Restoran yoki kafeda buyurtma qilgan ovqatingizni ikkiga ajratib, yarmini özingiz bilan birga olib ketişga odatlaning. Faqat bu işni ovqatga qöl urişdan oldin amalga oşiring, aks holda, özingizni tiyolmay qolişingiz mumkin. Ofisiantdan konteyner olib kelişni sörang va darhol taomingizni yarmini unga solib qöying. Şunda ovqatni oxirigaça yemaganingiz uçun vijdoningiz qiynamaydi, organizmingiz esa özi uçun yetarli taom bilan qanoatlanadi.
7. Ba'zan ayyorlik qiliş kerak
Sevimli yeguliklar yoki şirinliklardan tiyiliş juda qiyin. Boz ustiga, parhez vaqtida organizmingiz şusiz ham kuçli stressga yöliqadi. Özingizga biroz şirinlik yeyişga izn bering, lekin uyda emas. "Uy-yegulik-rohat" zanjirini uziş kerak.
Agar muzqaymoq yegingiz kelsa, eng yaqin oradagi kafega boring va kiçik porsiyada muzqaymoq oling. Şunda miyangiz yegulikni uy bilan boğlamaydi, siz esa qay darajada şirinlik yegingiz kelayotganini buning uçun köçaga çiqişga tayyor yoki tayyor emasligingizga qarab tekşirişingiz mumkin böladi.

8. Real maqsadlar qöying
Soğliğingizga ziyon yetkazmay, uç oyda 30 kg vazn taşlay olmaysiz. Muvaffaqiyatni kiyim ölçami bilan baholamang. Yaxşisi zararli odatlardan qutuliş va töğri ovqatlana boşlaşni, organizmingiz uçun qayğurişni maqsad qiling. Bu uzoq va maşaqqatli usul. Keng kölamli maqsadlar yarim yölda undan voz keçişga majbur qilişi mumkin. Şoşilmang, kiçik qadamlar bilan harakat qiling, orqaga qaraganingizda esa qançalik köp yutuqqa erişganingizni anglaysiz.











