Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qariyb 30 mln so‘mlik cho‘g‘lanma lampalarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 oktabrdagi 299-son qarori talablariga binoan 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab cho‘g‘lanma lampa mahsulotlarni realizatsiya qilish taqiqlangan. Biroq, ushbu noqonuniy tovar moddiy boyliklarini ayrim shaxslar tomonidan o‘z manfaatlarini ko‘zlab, respublika hududiga olib kirilayotganligi achinarli albatta, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Yaqinda Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan shu kabi qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yildi. Gap shundaki, viloyat bojxonachilari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda, qo‘shni respublika bilan chegaradosh bo‘lgan qishloq hududida harakatlanib kelayotgan “Mersedes-Bents” rusumli yuk avtomashinasini bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.
Avtomashina haydovchisi negadir xodimlarni ko‘rishi bilanoq mashinasini to‘xtatib, juftakni rostladi. Uning qochishi bejiz emas ekan, avtoulov xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida avtoulov yukxonasida Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 29 million 700 ming so‘mni tashkil etuvchi 11 880 dona 100 vattli elektr cho‘g‘lanma lampochka mahsulotlari mavjudligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasida sotilishi taqiqlangan ushbu yuklarning egasi Farg‘ona tuman U.Yusupov ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1985 yilda tug‘ilgan Sh.S. bo‘lib chiqdi.

Endi o‘ylab ko‘ring, ushbu cho‘g‘lanma lampochka mahsulotlari ichki bozorda sotilganida iqtisodga qancha zarar keltirishi mumkin edi. Keling, jami 11 880 dona cho‘g‘lama lampasining aholi tomonidan elektr energiyasi iste'moliga talab kuchayadigan tungi 5 soat (soat 18:00 dan 23.00 ga qadar) mobaynida qancha elektr quvvatini sarf etishini tahlil qilib ko‘raylik.
Bir dona cho‘g‘lanma lampaning quvvati 0.1(kVt/s) olinsa, 11 880 dona lampalar uchun 5 soat davomida 5940 kVt/s sarf etiladi. Bu bilan salkam 1 mln. 358 ming so‘mlik (2018 yil 1 apreldan e'tiboran elektr energiyasining narxi 1 kVt/s uchun 228.60 so‘mni tashkil etadi) elektr energiyasi iste'mol qilinadi. Bu ko‘rsatkich bir oyda o‘rtacha 178 200. kVt/s. yoki 40 mln. 736 ming so‘mni tashkil etadi.
Zamonaviy tejamkor lampalar nafaqat elektr energiyasi, shu bilan birga hamyonmizdagi mablag‘larning ham tejalishiga xizmat qiladi. Masalan, zamonaviy svetodiod lampaning bir donasi 0.025(kVt/s) energiya talab etadi. Tungi 5 soat davomida 11 880 dona tejamkor lampalar 1485 kVt/s yoki 339 ming so‘mlik elektr energiyasini sarflaydi. Bu ko‘rsatkich bir oyda 44 550 kVt/s yoki 10 mln 184 ming so‘mni tashkil etadi.
Demak, aholi tomonidan bir oyda tejamkor yoritish lampalaridan foydalanish natijasida o‘rtacha 30 mln 552 ming so‘m mablag‘ yoki 133 650 kVt/s elektr energiyasi tejab qolishiga erishiladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qiymati 40 mlrd yevrodan oshiq aktivlarni milliylashtirdi
Jahon | 09:07
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazadi
O‘zbekiston | 08:45
-
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

13:07 / 11.06.2025