Bugun terma jamoalar örtasida qiziqarli örtoqlik uçraşuvlari bölib ötadi. «Tribuna» bu uçraşuvlarning eng asosiylari anonsini taqdim etadi.

Çempionlar öyinlari
Germaniya - Ispaniya. Dyusseldorf. «Esprit arena» stadioni. Boşlaniş vaqti soat 00:45

15 iyul kuni Moskvadagi «Lujnikov» öyingohida oxirgi ikki jahon çempionlari - Ispaniya va Germaniya özaro röbaru kelsa, heç kim hayron qolmaydi. Gap titullarda ham emas, nemislar va ispanlar namoyiş etayotgan öyin darajasida. Bu ikki terma jamoa ayni vaqtda Braziliya bilan bir qatorda jahonning eng kuçli terma jamoalari bölib turibdi. Katta turnirlar arafasidagi strategiyaga köra, bu ikki terma jamoa ham bölajak öyinda ehtiyotkoronalik bilan harakat qilişi ham mumkin. Germaniya termasi boş murabbiyi bu öyinda Roysning soğliğini tavakkal ostida qoldirişni istamadi. Bugun şuningdek, kiçik jarohati bor Emre Janning ham maydonga tuşiş ehtimoli oz.

Xulen Lopetegi esa «Qizil furiya» tarkibiga çaqirilgan istalgan futbolçiga imkoniyat berişi mumkin. U «Çelsi»da öyin amaliyotiga ega bölmayotgan Moratani ham, mavsumning birinçi davrasida öynamagan Diyego Kostani ham Rossiyaga olib borişi mumkin. Hozirgi yiğinga çaqirilgan Marko Alonso va Dani Parexo ilk bor termaga jalb etilişi, Alonsoning «Çelsi»dagi öyinlari öz-özidan buni talab etgan bölsa, «Valensiya» sardori Buskets jarohatlangani bois termada.

Kumanning debyuti
Niderlandiya - Angliya. Amsterdam. «Yohan Kroyff arenasi» stadioni. Soat 00:45

Niderlandiya jahon va qit'a çempionatlarining doim iştirokçisi emas, ammo bu terma jamoaga qiziqiş doimo yuqori bölgan. Bu safargi mundialdan ham quruq qolgan «qizil lolalar» Ronald Kuman boşqaruvida yangi davrni boşlamoqda. 

Robben milliy terma jamoa bilan xayrlaşgaç, Kuman katta avlod bilan xayrlaşişga şoşilmayotgan bölsada, Niderlandiyaga yangi yetakçi kerak. Hozirça bu vazifani van Deyk bajarib turadi, Kuman tarkibga «Feyyenoord»da ikkinçi yoşligini ötkazayotgan van Persini öynatmoqçi, uning yonida Patrik Klyuvertning öğli Jastin ham töp suradi.

Angliyaliklarda esa tarkib barqarorroq. Darvozabon pozitsiyasini hisobga olmasa, Garet Sautgeyt kuçli tarkibga ega. Hozirça murabbiy Hart masalasida bir qarorga kelmadi, u «Byornli» posboni Houpga imkoniyat bermoqda. Angliya çempionatining bu mavsumida seyvlar soni böyiça faqat de Xeadan ortda qolayotgan darvozabon jahon çempionatida «Uç şerlar» termasi darvozasini qöriqlaşi mumkin. Amsterdamdagi bölajak öyinda hujumda jarohatlangan Keyn örnini Uelbek yoki Reşforddan biri egallaşi masalasi oçiq qolmoqda.