Heç samolyotlardagi kreslolarning rangiga e'tibor qaratganmisiz? Ular deyarli doim kök rangda böladi, istisno holatlar juda kamdan-kam uçraydi. Bu rang osmon bilan boğlanişini taxmin qiliş mumkin, biroq barçasi biz öylagandek oddiy emas. Aniqroği, oddiy, lekin kutilmagan. AdMe.ru bu sirning tagiga yetişga harakat qilib, uning javobini öquvçilar bilan bölişdi. Maqola oxirida esa sizni yoqimli bonus kutmoqda: unda samolyotda eng yaxşi joy qaysi ekaniga doir ma'lumot beriladi.

Nima uçun ular kök rangda?

Ilk kök rangdagi kreslolar samolyotlarda bir neça ön yillar avval paydo bölgan, hozir esa dunyoning deyarli barça aviakompaniyalari aynan şu rangdagi kreslolar bilan ta'minlangan. Buyuk Britaniya olimlari fikriça, kök rang aksariyat odamlarda işonç va xavfsizlik bilan uyğunlaşar ekan, bu esa aerofobiyadan aziyat çekuvçilar yölovçilar uçun juda muhim. Boz ustiga, tadqiqotlarga köra, 90 foiz kişilar u yoki bu kompaniya jozibadorligini intuitiv ravişda kompaniya rangi bilan boğlaşar ekan.

Foto: Depositphotos

Şuningdek kök rangli qoplamaning amaliy ahamiyatga ega izohi ham bor — bunday rangdagi kreslolarda kir, doğ kabilar u qadar bilinmaydi. Biznes-toifa salonlarida esa oç rangli kreslo qoplamalariga közingiz tuşişi ham mumkin, zero bu toifa orqali uçuvçi yölovçilar har doim ham köp bölmaydi, şunday ekan, mato tez kir bölmaydi ham.

Foto: Depositphotos

Qiziq dalil. 1970-80-yillarda ba'zi aviakompaniyalar öz samolyotlari kreslolarida qizil qoplamalarni qöllay boşlaşgan. Biroq keyinçalik ularni kök qoplamalarga almaştirişgan. Aviataşuvçilarning fikriça, qizil qoplama yölovçilar agressiyasi darajasini oşirgan.

Mato yoki çarm?

Materialga keladigan bölsak, kreslolar ham sun'iy çarm, ham sun'iy mato bilan qoplanişi mumkin. Qoidaga köra, uzoq yönalişli aviareyslarni amalga oşiradigan samolyotlar uçun mato qoplamali kreslolar qöllaniladi - ular terining nafas olişiga xalaqit bermaydi va tabiiyki, siz ham parvoz davomida terlamaysiz, noqulaylik his qilmaysiz.

Foto: Depositphotos

Qisqa aviaparvozlar uçun esa sun'iy teri ham töğri keladi. Uning ustuvor jihatlari şundan iboratki, u matoga nisbatan ança çidamli, tökilgan içimliklar ham ularda doğ qoldirmaydi.

Qiziq dalil. Kreslo suyançiğiga qöyiladigan soçiqça antimakassar deb ataladi. Uşbu aksessuar nomi qadimda Angliyada erkaklar soçini turmaklaş uçun foydalangan makassar moyi nomidan kelib çiqqan. U şu qadar yoğli bölganki, hatto kreslolarda doğ qoldirgan. Şuni çetlab ötiş maqsadida kreslolarning boş qismiga qimmat mebelning ifloslanişi oldini oluvçi soçiqçalar qöyila boşlangan.

Nima uçun deraza yonidagi joyda har doim ham taşqi manzaradan zavq oliş imkoni yöq?

Heç deraza yonidagi kresloda ötirib, taşqaridagi manzara  körinmagan holatlarda qolganmisiz? Çunki u kreslo sunçiği darajasida joylaşgan böladi yoki hatto undan biroz orqada.

Foto: Depositphotos

Ma'lum bölişiça, bunga aviataşuvçilarning salonga imkon qadar köproq kreslo siğdirişga urinişi sababdir. Samolyotlarni işlab çiqaruvçi va quruvçi kompaniyalar aviakompaniyalarga kreslolarni örnatişga doir qator qöllanmalar berişadi, biroq deyarli heç kim unga rioya  qilmaydi.

Havo kemasi polida joylaşgan maxsus yönaltirgiçlar kreslolarni aviakompaniyalarga kerakli qilib örnatiş imkonini beradi va ular şunday foydalanişadi.

Bonus: Samolyotdagi eng yaxşi joyni qanday tanlaş mumkin?

Foto: Depositphotos

Yuqorida qayd etilganidek, kreslolarning samolyotda joylaşuvi fantaziya va aviataşuvçilarning ziqnaligiga boğliq. Şuning uçun eng qulay joy tanlovi u qadar oson iş emas. Biroq buni uddalasa böladi.

  • Internetda maxsus saytlar bölib, ularda u yoki bu kompaniya samolyotlaridagi örinlar joylaşuvini real suratlarda köriş imkoni mavjud. Ular sizga deraza yonida ötirib, taşqarini tomoşa qiliş imkoniga ega bölasizmi yoki samolyot taşqarisidagi manzaraga engaşib qaraşingizga töğri keladimi - aniqlaş imkonini beradi.
  • Agar dvigatel şovqinini eşitgingiz kelmasa, samolyot tumşuğiga yaqinroq joyni tanlang. Bunday holatlarda faqat bort kuzatuvçilarining suhbatlari quloqqa çalinişi mumkin, lekin ular dvigatel şovqiniga teng kelolmaydi, albatta. Agar siz bunday joyni tanlaşning uddasidan çiqa olmagan bölsangiz, ötiş joyiga yaqinroq joylaşing - u yer illyuminator yoniga qaraganda tinçroq.
  • Darvoqe, salon boşidagi joylarning yana bir afzalligi bor - taom tarqatilişi aynan sizdan boşlanadi va sizda katta assortiment orasidan  tanlaş imkoni böladi. Samolyot "dumi"dagi yölovçilarda esa tanlov katta bölmaydi.
  • Sizning böyingiz örtaçadan baland bölsa, albatta favqulodda vaziyatlar uçun çiqiş eşigi yoniga ötiring - u yerda kreslo qatorlari orasidagi masofa kattaroq va siz butun parvoz davomida qulay joylaşişingiz mumkin böladi.
  • Favqulodda çiqiş eşigi yonidagi qatorni eng yaxşi tanlov deb bölmaydi, albatta. Zero bu yerdagi kreslolar suyançiğini harakatlantiriş imkoni yöq (favqulodda holatlarda noqulaylik tuğdirmaslik uçun).