Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy komissari Federika Mogerini 26-27 mart kunlari Özbekistonda böladi. U Toşkentda Afğoniston muammosiga bağişlab ötkaziladigan «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy özaro aloqalar» mavzusidagi konferensiyada iştirok etadi.
Konferentsiyada Afğoniston prezidenti Muhammad Aşraf Ğani, Markaziy Osiyo davlatlari, BMT, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari delegatsiyalari ham iştirok etişi kutilmoqda.
Konferentsiyada terrorçilik va giyohvandlikka qarşi kuraş muammolari, mintaqada tinçlikka erişiş yölida hamkorlik qiliş masalalari muhokama qilinadi.













