2018 yilning 23 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Bryussel şahrida Yevropa ittifoqining Taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan uçraşdi.
TIV xabariga köra, suhbat çoğida bugun Bryussel şahrida öz işini boşlaydigan navbatdagi «Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi» mintaqalararo uçraşuvi kun tartibi yuzasidan fikr almaşildi, Özbekiston bilan Yevroittifoq örtasida hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, 2019 yilga rejalaştirilgan oliy darajadagi uçraşuv ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa oçiş imkoni beradi. Şu nuqtai nazardan Özbekiston bilan Yevroittifoq örtasidagi kengaytirilgan şerikçilik va hamkorlik töğrisidagi bitim loyihasi böyiça 23 noyabrda boşlanayotgan muzokaralar tomonlarning özaro aloqalarni izçil mustahkamlaş va rivojlantiriş borasidagi istaklaridan darak beradi.
Iqtisodiyotni liberallaştiriş böyiça Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng miqyosli islohotlar bozorda Yevropa biznesi va investitsiyasining yanada kengroq iştirok etişi hamda özaro savdo hajmining ortişi uçun katta imkoniyatlar berişi e'tirof etildi. 2018 yilning 9 oyi mobaynida Özbekiston va YeI örtasidagi savdo aylanmasi 2,23 mlrd AQŞ dollarini taşkil etib, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 17%ga köpligi yuqoridagi fikrning tasdiğidir, deyiladi xabarda.
Taşqi siyosat idoralari rahbarlari 2018 yilning 27 mart kuni Federiko Mogerini boşçiligidagi YeI delegatsiyasi ham iştirok etgan Afğoniston böyiça xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toşkent deklaratsiyasi qarorlarini amalga oşiriş jarayonini ham muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunida Federika Mogerini Abdulaziz Komilovga Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim loyihasini taqdim etdi. Uşbu hujjat 1999 yil 1 iyuldan buyon amal qilayotgan Özbekiston va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga a'zo davlatlar örtasida şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim örnini bosişi kutilmoqda.













