Finlyandiya Ispaniyadan Kataloniya sobiq rahbari Karles Puçdemonni hibsga oliş hamda ekstraditsiya qiliş böyiça murojaat qabul qilib oldi. Puçdemon Helsinkiga payşanba, 22 mart kuni kelgandi.

«Ispaniya ayni damda Finlyandiyada bölib turgan öz fuqarosi ekstraditsiya qilinişiga erişmoqçi», - deyiladi Milliy tergovlar byurosi xabarida.

Ta'kidlanişiça, Finlyandiya politsiyasi prokurorga tegişli ma'lumotni bergan va Ispaniya hukumati bilan qöşimça axborotlar almaşişni boşladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ispaniya Puçdemonni Şveytsariyada hibsga olişni rejalaştirayotgani xabar qilingandi.