LEGO konstruktori — ajoyib narsa. Ayniqsa, Technics seriyasi. Uning yordamida köp foydali narsalar yasaş mumkin. Bunday töplamlardagi murakkab mexanizmlar şarofati bilan mutlaqo xayolga kelmagan narsalarni yasaş mumkin. Masalan, qöl protezi.
Devid Aguilar bolaligidan LEGO öynaşni yaxşi körgan, doim konstruktordan maşinalar, qayiqlar, samolyotlar, robotlar qurgan, 9 yoşida esa hatto öziga robotlaştirilgan qöl yasaşning uddasidan çiqqan.
Gap şundaki, Devid öng qöli rivojlanmagan holatda tuğilgan, şu bois unda bu kamçiligini tuzatiş istagi kuçli bölgan. Biroq 9 yoşli bolaning ongi tölaqonli protez yasaşga yetmagan, biroq ğoyaning özi bolaning miyasida saqlanib qolgan.
U töqqiz yil ötib tajribasini takrorladi va öz mehnati mahsuli aks etgan videoni YouTube-kanaliga yukladi. Yangi protez turli vazifalarni bajariş uçun yetarli darajada mustahkam bölib çiqdi. U turli tomonlarga harakatlana oladi va hatto Hand Solöga imkon beradi — Devid protez yordamida turli predmetlarni uşlaşni şunday ataydi.Protez mingdan ortiq detaldan iborat Air Race Jet töplamidan tayyorlangan. Protezni yasaş jarayoni bilan boğliq tafsilotlar videoda aks etgan.











