Rossiyalik sobiq boksçi Konstantin Tszyuda infarkt holati kuzatildi. Bu haqda «Zvezda» telekanali xabar tarqatmoqda.

Manbaga köra, sportçi hozirda operatsiyadan çiqqan va muolajalarni davom ettirmoqda.

«Ertalab hojatxonaga borgandim, birdan yiqilib tuşdim. Ma'lum bölişiça, menda xolesterin miqdori juda ham oşib ketgan ekan», — deya gapirib ötgan Tszyuning özi «Perviy kanal»ning «Jit zdorovo» körsatuvida.

Sobiq sportçiining yurakka qon haydovçi tomir trombi yorilib ketgan. Operatsiya voqeadan bir hafta ötib ötkazilgan, hozirda 48 yoşli boksçi özini yaxşi his qilmoqda.