Özbekiston qöşni Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib berişni kengaytirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda «Özbekenergo» AJ boşqaruvi raisi örinbosari Şuhrat Şeraliyev Xalqaro Simpoziumlar saroyida taşkil etilgan tadbirda ma'lum qildi. «Özbekenergo» mazkur rejani amalga oşiriş uçun yangi «Surxon-Puli-Xumri» elektr energiyasi uzatiş liniyasini qurişni amalga oşiradi.

Foto: Xalqaro press klub
Ma'lumki, 2017 yil dekabr oyida Afğoniston prezidenti Muhammad Aşraf Ğanining Özbekistonga taşrifi doirasida «Surxon-Puli-Xumri» 500 kVt.lik elektr uzatiş liniyasini quriş böyiça kelişuv imzolangan edi. Şuhrat Şeraliyevning aytişiça, Özbekiston öz hududida quriliş işlarini boşlab yuborgan. 2018 yil iyun oyidan Afğoniston hududida ham quriliş işlari boşlanadi.
EUL (elektr uzatiş liniyasi) uzunligi 260 km.ni taşkil etadi. U Özbekistondan Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib beriş imkoniyatini 70 foizga kengaytiriş imkonini beradi. Bu yiliga 6 mlrd kVt.s elektr energiyasi demakdir. Umumiy qiymati 150 mln AQŞ dollariga baholangan loyiha 2020 yil oxirigaça amalga oşirilişi kerak.

Afğoniston hukumati loyihaga 120 mln dollarga yaqin mablağ ajratadi. «Özbekenergo» AJ ham öz mablağlarini yönaltiradi. Ma'lumotlarga köra, Özbekiston Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib berişni 2002 yilda boşlagan. 2017 yili Özbekiston janubiy qöşnisiga 1,8 mlrd. kVt.s elektr energiya yetkazib bergan. Joriy yilda bu raqam 2 mlrd kVt.soatni taşkil etadi.

Yangi elektr uzatiş liniyasini barpo etiş, Özbekistonning Pokiston bozoriga ham çiqiş imkonini beradi.

















