Özbekiston Professional futbol ligasi mamlakat kubogi bahslari formatini yana özgartirdi.

Bu haqda PFL sayti xabar bermoqda.

Turnirda Superliganing 12ta hamda Pro-liganing 18ta jamoasi ğoliblik uçun kuraş olib boradi.

“Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari musobaqaga 1/8 final bosqiçidan qöşiladi. Biroq endi ular özlarining bölajak raqiblari haqida oldindan ma'lumotga ega bölmaydi.

Kubok bellaşuvlari 1/32 final bosqiçidan boşlanadi. Unda “Şerdor” hamda “Labsa” jamoalari va “Nurafşon-S” hamda “Iftixor” klublari bellaşadi.

Kubokning yangi formatiga köra, yarimfinalga qadar barça uçraşuvlar faqatgina bitta uçraşuvdan iborat böladi va unda mezbon jamoa nomini qur'a aniqlab beradi. Pro-liga klubining futbol maydoni talabga javob bermasa, u öz viloyatidagi asosiy maydonda öynaşi mumkin.

Ikkinçi saralaş bosqiçida yuqoridagi ikki juftlik ğolibi hamda Superliganing 8 ta, Pro-liganing 14 ta jamoasi — jami 24 ta klub iştirok etadi. Bunda jamoalar heç qanday savatga ajratilmaydi. Savatçadan birinçi tortilgan jamoa mezbon maqomini qölga kiritsa, keyingisi uning raqibiga aylanadi.

Mana şu 12ta juftlik ğolibi 1/8 finalga yöllanma oladi hamda yuqoridagi kvartetga qöşiladi. Qur'a bu bosqiçda ham istalgan klubni bir-biriga raqib qilişi mumkin. PFL hamda “Sport” telekanali özaro kelişib, qur'a şaffof ötişi uçun 1/8 finaldan boşlab jarayonni jonli namoyiş etişga harakat qiladi.

Bunga qadar Özbekiston Kubogida tabaqalaniş mavjud bölib, jamoalar finalgaça duç kelişi mumkin bölgan ehtimoliy raqiblari haqida ma'lumotga ega bölgan. Endilikda esa heç bir klubda bunday imkoniyat bölmaydi. Yarimfinal bellaşuvlarigina uy-safar tizimida ötadi.

PFL Pro-liganing özgartirilgan formatiga qur'a taşlaş marosimini 27 mart — seşanba kuni ötkazadi. Özbekiston Kubogining 1/16 finaliga ham şu kuni qur'a taşlanadi. Şuningdek, birinçi saralaş bosqiçi bellaşuvlari qaçon va qayerda ötişiga oydinlik kiritiladi.   

Qayd etiş kerak, Özbekiston Kubogida ğolib çiqqan jamoa Osiyo Çempionlar ligasi yöllanmasini qölga kiritiş imkoniyatiga ega böladi.