Andijonda 29 oktabr kuni Özbekiston Kubogi final öyini ötkazildi. Unda Toşkentning «Paxtakor» va «Buxoro» klublari töqnaş keldi.

Murosasiz ötgan bahsning taqdirini 63-daqiqada Hojimat Erkinov tomonidan urilgan yagona gol hal qildi.

Hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda «Buxoro» javob golini urdi. Biroq, boş hakam VAR tekşiruvidan söng, ofsayd tufayli golni bekor qildi.

Şundan söng, «Buxoro» futbolçilari hakam qaroriga faol e’tiroz bildira boşladi. Biroz vaqt ötgaç, maydonda ommaviy töpolon yuzaga keldi. Har ikkala jamoa futbolçilari bir-birini turtib, orani oçiq qilişga kirişib ketdi.

Natijada, «Paxtakor» 14-marta Kubokni qölga kiritdi, bu mutlaq rekord sanaladi.

«Buxoro» tarixda birinçi marta finalda öynadi.

Özbekiston Kubogi, Final
29 oktabr. Andijon, «Bobur Arena»

PAXTAKOR 1:0 BUXORO
Gol: Hojimat Erkinov (63)
Boş hakam: Nayim Qosimov

Paxtakor: Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojiakbar Alijonov, Aziz Turğunboyev (Başar Resan 72), Igor Sergeyev, Hojimat Erkinov (Doston Hamdamov 81), Abdurauf Böriyev, Sardor Sobirxöjayev, Flamarion (Ibrohim Ibragimov 81), Muhammadrasul Abdumajidov, Dilşod Saitov.
Boş murabbiy: Kamoliddin Tojiyev

Buxoro: Otabek Boymurodov, Izzatillo Pölatov, Sardor Qulmatov, Azizbek Amonov, Javohir Röziyev, Toma Tabatadze, Frane Çiryak (Ravşan Xayrullayev 76), Muhammad Yöldoşev (Yosip Tomaşeviç 76), Marko Kolakoviç, Frane Ikiç, Şahboz Jörabekov (Dominik Begiç 64)

Boş murabbiy: Aleksandr Xomyakov
Ogohlantirişlar: Frane Çiryak (52), Muhammadqodir Hamraliyev (72), Başar Resan (78), Ibrohim Ibragimov (84)