Rossiya hududidagi eng ommabop messenjerlardan biri Viber Federal xavfsizlik xizmati tomonidan talab qilingan, yozişmalarni oçiş imkoniyatini beruvçi kalitlarni taqdim qilmaydi - kompaniyada bunday kalitlarning özi yöq.

Messenjerga egalik qiluvçi Viber Media S.a.r.I. kompaniyasi hukumat vakillari bilan hamkorlik qilişga tayyor, ammo yozişmalarni öqiş imkonini beruvçi kalitlarni heç kimga taqdim qilmaydi.

Bu haqda kompaniyaning operatsiyalar böyiça direktori Maykl Şmilov şunday dedi: 

«Birinçidan, biz turli spamerlarni izlab topiş, jinoyatçilarni uşlaş, messenjerdan jinoyat maqsadlarida foydalanuvçilarni qölga oliş uçun hukumat vakillari bilan hamkorlik qilamiz.

Ikkinçidan, biz qila olmaydigan işlar mavjud. Xususan, yozişmalarni öqiş imkoniyatini beradigan kalitlarni taqdim qilolmaymiz, çunki ular bizda yöq. Barça kalitlar mijozlarning mobil qurilmalari içida saqlanadi. Hatto kompaniyaning özi ham ularni qölga kiritiş imkoniyatiga ega emas» - dedi Şmilov.

Viber rossiyaliklar orasida eng ommabop messenjerlardan biri hisoblanadi. 2018 yil yanvar oyi holatiga köra, undan 9,4 mln mijoz foydalanmoqda. Taqqoslaydigan bölsak, «VKontakte» — 22,6 mln, WhatsApp — 12,2 mln, «Odnoklassniki» — 7,4 mln, Facebook — 5 mln, Telegram — 2,5 mln mijozga ega.

Eslatib ötamiz, 20 mart kuni Roskomnadzor Telegram Messenger LLP kompaniyasidan 15 kun muddat içida, yozişmalarni öqiş imkonini beradigan kalitlarni FXXga taqdim etişni talab qilgan edi. Agar kompaniya bunga rozi bölmasa, sud orqali Rossiya hududidagi faoliyatiga çek qöylişi mumkin.