Özbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş va qonuniy saylangan hukumatni qurolli yöl bilan ağdarişga uringanlikda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev 26 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida ötkazilgan sud majlisida özini «Usmon Haqnazar» ekanini tan oldi. Bu haqda sud majlisida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
«2003 yildan buyon Usmon Haqnazar taxallusi ostida seriyali maqolalarni men yozganman. 2005 yilda yuz bergan Andijon voqealaridan söng, turli xorijiy OAV muxbirlik punktlari yopildi. «Ozodlik radiosi», Bi-bi-si va «Amerika ovozi» ham çiqib ketdi. Şu orada mustaqil jurnalist sifatida işlab yurganlar qatori meni ham obdon tekşirişdi.
Turli jamğarma va taşkilotlar tomonidan e'lon qilingan grantlarni qabul qilganim uçun tergovlarda iştirok etdim. Şular uçun kattagina soliqdan qarzdorlikni yopdim. Öz-özidan örtada tanaffus paydo bölib qoldi, ya'ni Usmon Haqnazar bir muddat körinmay qoldi», deb körsatma berdi jurnalist Bobomurod Abdullayev.
Sudlanuvçining sözlariga köra, Usmon Haqnazar faol bölmagan paytda ham maqolalar çiqdi. Ayrim ana şu turdagi maqolalarni Bobomurod yozmaganini ta'kidladi.
«Taxallusdan foydalanişdi, biroq buni töğirlaşga harakat qilmadim. Gap şundaki, anonim tarzda yozgan maqolalarimni köpçilik öqigan, ammo taxallus ortida kim turganini köp odam bilmasdi», deydi u.
Bobomurodning ta'kidlaşiça, jurnalist bölajak maqolalari uçun ma'lumotlarni muxolifatdagi Özbekiston xalq harakati rahbari Muhammad Solihdan olgan.
«Men Solihga emas, u menga işlardi. Muhammad Solih orqali MXX, Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengaşi xodimlari yetkazib berayotgan ma'lumotlar menga yuborilardi», deb sözlarini qisqa qildi u.
Jurnalist öz körsatmasida «maqolalarni konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiliş maqsadida yoki xorijiy rahnamolarning moliyaviy kömagida yozmagani» haqida sözlab berdi.
«U davr eslang: şu maqolalar uçun 10 ming AQŞ dollar berişsa ham, heç kim yurak yutib yozolmasdi. Men jamoatçilikni bu voqealardan boxabar qiliş uçun maqolalarni yozdim. Axir, men jurnalistman», deydi Bobomurod.
U sudda bergan körsatmasida xatolarga yöl qöyganini ham eslab ötdi.
«Inoyatovni oğir betob, deb adaşdim. Ma'lumotni tekşirib körmay, maqolani e'lon qildim. Ammo, MXX raisi sobiq örinbosari Ş.Ğulomovning qilmişlari haqidagi sözlarim öz isbotini topdiku. Yoki Gulnora Karimova işi böyiça yozganlarim şunday yakun topdi», deb özini oqlaşga urindi u.












